19:00 / 31.12.2016
16543

Namangan viloyati hokimining virtual qabulxonasi ishga tushirildi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Xayitbayevich Bozarovning virtual qabulxonasi ish boshladi.

Sizda hal etilmagan masalalar-muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namangan viloyati hokimiga 3 xil usulda: ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki belgilangan vaqtda tashrif buyurish orqali yo‘llashingiz mumkin.

Hokimlikning rasmiy veb-portalida hokim.namangan.uz veb-manzili orqali murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilinadi.

Shuningdek, murojaatlarni viloyat hokimligining “1056” qisqa raqami yoki (0371) 200-07-22 raqamli “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirish mumkin.

Virtual qabulxona saytiga nafaqat murojaatlar jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Temurmalik Vohidov

Top