16:25 / 31.12.2016
19378

Obamaning prezidentlik davridagi sayohatlari AQSh g‘aznasiga qanchaga tushdi?

Barak Obamaning 8 yillik prezidentligi davomida u va uning oilasining dam olishi va norasmiy safarlari Amerika g‘aznasiga 96 million dollardan ko‘proqqa tushdi. Bu haqida Judicial Watch ijtimoiy tashkiloti tomonidan tuzilgan hisob-kitoblarga asoslanib, Fox News xabar berdi. 

Tashkilot prezidentni qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi AQSh Maxfiy xizmatidan Obama va uning oilasi chiqimlariga doir hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Bunda Judicial Watch vakillari axborot tarqatish erkinligi to‘g‘risidagi qonunga tayanishdi. 

Natijada Obama va uning oilasining dam olishiga AQSh soliq xizmati 96 938 882,51 dollar sarflagani ma'lum bo‘ldi. 

Bundan avval prezident oilasi sayohatlarining qiymati o‘rtacha 85 million dollar atrofida baholanayotgan edi, biroq ularning oxirgi, Havayiga qilgan sayohati so‘nggi summaga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. 

Mavzuga oid
Top