22:32 / 01.01.2017
12302

Yevropa davlatlaridan birida IShID kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligi aytildi

Foto: RIA

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ben Uolles IShID terrorchilik tashkiloti Buyuk Britaniya yoki Yevropa davlatlaridan birida kimyoviy qurol qo‘llashni rejalashtirayotgani mumkinligini aytdi.

"IShIDning maqsadi ko‘proq qurbonlarga olib keluvchi hujumni sodir etishdir. Ularda kimyoviy qurolni qo‘llash oldida hech qanday ma'naviy to‘siqlar yo‘q, agar ular buni qila olsalar, ular buni ushbu davlatda qilardilar", deb aytdi Uolles.

Uollesning aytishicha, IShIDning kimyoviy qurol qo‘llash bo‘yicha rejalari fosh qilinmagan, biroq britan xavfsizlik xizmatlari mumkin bo‘lgan hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdalar.

 

Top