18:07 / 01.01.2017
15255

Kroos yangi yil tabrigi bilan Braziliya ustidan kuldi

«Real» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos muxlislarini o‘ziga xos tarzda yangi yil bilan tabrikladi.

Futbolchi tvitterida JCh-2014 yarim finalida Braziliya ustidan qozonilgan 1:7 hisobidagi g‘alabani esga olgan. U 2017 yilni ifodalashda Braziliya va Germaniya bayroqlaridan foydalangan.

«2017 yil bilan tabriklayman» – deb yozgan Kroos.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yili Braziliya mezbonlik qilgan jahon chempionati yarim finalida Germaniya terma jamoasi mezbonlarni 7:1 hisobida yenggandi.

«Bu kichik hazil edi. Ko‘p e'tibor qaratmang. Barchaga Yangi yil baxt olib kelsin!» — deya yozgan Kroos ko‘p vaqt o‘tmasdan.

Top