14:30 / 02.01.2017
6240

Bag‘dodda kuchli portlash: o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida yana kuchli portlash ro‘y berdi. Reuters agentligi politsiya va tibbiyot xodimlariga asoslanib xabar berishicha, bu portlash oqibatida 10dan ortiq kishi halok bo‘lgan va 35 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, As-Sadr tumanida kishilar gavjum hududda avtomobil portlatilgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot zimmasiga olmadi.

Top