10:15 / 02.01.2017
10689

Xitoyda 2,3 ming yillik qilich topildi

Xitoylik arxeologlar mamlakatning Xenan viloyatidagi qabrlardan birida yoshi taxminan 2300 yil bo‘lgan, yaxshi holatda saqlanib qolgan qilichni topishdi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi xabar bergan.

Unga ko‘ra, qilich Sinyan shahridagi qadimiy qabrda aniqlangan. Xitoy xalqaro radiosi tomonidan taqdim etilgan videoda qilich qanday charxlangan bo‘lsa, shundayligicha turganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, uning qini ham aniqlandi.

Taxminlarga ko‘ra, topilma Jang qilayotgan podsholiklar davriga tegishli bo‘lib, u eramizdan avvalgi 475 yildan eramizning 221 yiliga qadar davom etgan.

Top