19:35 / 02.01.2017
23256

Istanbuldagi teraktda Amerika fuqarosi o‘z telefoni tufayli omon qoldi

AQSh fuqarosi Yakob Raak 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina klubida sodir etilgan terakt davomida jarohat oldi, lekin unga qarata otilgan o‘q mobil telefoniga tegib, arteriyani chetlab o‘tgani tufayli omon qoldi. CNN Turk nashri shu haqida xabar berdi

Raak Istanbulga do‘stlari bilan 35 yoshligini nishonlashga kelgan bo‘lgan. Terrorchining hujumi davomida u oyoq qismining ikki joyidan jarohat olgan. Biroq shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi o‘q Raakning cho‘ntagidagi mobil telefonga tekkani uchungina arteriyagacha yetib bormagan. Raak klubdan to‘g‘ri mahalliy shifoxonaga olib ketilgan. 

"Dahshatli fojia. Sizning yurtingiz ajoyib, lekin afsuski, mana shunday dahshatli teraktlarni sodir etuvchi kishilar bor", - deya yozdi Raak shifoxonadan. 

1 yanvarga o‘tar kechasi Reina klubiga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida Istanbulda 39 nafar kishi halok bo‘ldi, 69 nafari esa shifoxonaga yetkazildi. 

Top