08:20 / 02.01.2017
38358

Qozog‘istonda ko‘p qavatli uy quladi, qurbonlar bor

Qozog‘istonning Shaxtinsk shahrida ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakiliga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz nashri.

Shaxan posyolkasida yuz bergan fojia haqidagi xabar Qarag‘anda favqulodda vaziyatlar departamenti qutqaruv bo‘limiga 1 yanvar soat 22:40 da kelib tushgan. Voqea joyiga departamentning kuch va vositalari odamlarni evakuatsiya qilgani jo‘natilgan. 

"Ayni vaqtda 4 kishi qutqarilgan, ulardan ikki nafari bolalar. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar bor. Bir kishi halok bo‘lgan. Hozir qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va jabrlanganlarni qidirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqdalar. 280 kishi va 16 ta texnika jalb qilingan. Voqea sabablari o‘rnatilmoqda", deb aytgan rasmiy vakil. 

Biroq keyinroq vayronalar ostidan 9 kishi jasadi chiqarib olingani ma'lum qilingan. Ulardan 3 nafari erkak, 3 nafari ayol va 3 nafari bolalar bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top