23:23 / 02.01.2017
18309

Motosikl mingan kelin va kuyov 40 nafar internet foydalanuvchisini sudga berdi

Birlashgan Arab Amirligida (BAA) istiqomat qiluvchi ikki erkak to‘ydan keyin mototsiklda poyga uyushtirgan kelin va kuyovning internetga joylangan videoroligi ostida qoldirgan izohi uchun 2,7 ming dollar miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. The National nashri shu haqida xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, haqoratlovchi izoh qoldirgan ikki nafar amirlik fuqarosi Abu-Dabi sudi tomonidan aybdor deb topildi, ularning o‘zi aybiga iqror bo‘lmagan. 

Manbada yozilishicha, yoshlar mart oyida internetda to‘ydan keyin boshqa baykerlar hamrohligida Harley Davidson mototsikllarida sayr qilgan roliklarini joylashgan. Rolik tanqidlar oqimini keltirib chiqargan. Kelinning so‘zlariga ko‘ra, internetdagi foydalanuvchilar haqoratlovchi izohlardan tashqari, tahdidlar ham yozib qoldirishgan. Kelin "BAA an'analari va qadriyatlarini buzish"da ayblangan. 

BAA mototsiklchilari klubi ro‘yxatida qayd etilgan juftlik internetdagi haqoratlar ustidan shikoyat qilib, politsiyaga murojaat etgan. Ular umumiy hisobda 40 nafar internet foydalanuvchisiga qarshi ish ochishgan, jarimaga tortilgan ikki nafar erkak esa - ilk ish bo‘yicha javobgarlikka tortilganlar, xolos. Keyingi sud ishida yana yetti nafar izohlovchi jalb etilishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top