09:21 / 02.01.2017
127161

Pensiyani belgilash uchun murojaat muddatlari qisqartiriladi

O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi. 2017 yil 1 yanvardan pensiyani belgilash uchun murojaat muddatlari qisqartiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, yosh bo‘yicha pensiya belgilash u bo‘yicha murojaat agar unga huquq paydo bo‘lgandan keyin 60 kundan (avval 3 oy) kech bo‘lmagan muddatda bildirilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga erishilgan kundan amalga oshiriladi. Nogironlik bo‘yicha pensiya nogironlik o‘rnatilgan kundan boshlab xuddi yuqoridagidek qoidaga ko‘ra belgilanadi.

Qolgan barcha holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab belgilanadi.

Bundan tashqari, pensioner o‘limi tufayli olinmagan pensiya hamda dafn marosimiga nafaqa to‘lovlari uni olish uchun murojaat pensioner o‘limidan keyin 60 kundan kech bo‘lmagan vaqtda bildirilgan bo‘lsa beriladi.

 

Top