13:14 / 02.01.2017
28820

Toshkentda o‘z onasini doimiy ravishda kaltaklagan erkak 4,5 yilga qamaldi

Foto: © Fotolia

Toshkent shahrining Uchtepa tuman sudi o‘z onasini doimiy ravishda kaltaklab kelgan Oleg D.ni to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi.

“Na postu” gazetasining bildirishicha, u o‘z onasini kvartiralarini sotish va shahar tashqarisidan boshqa uy sotib olishga rozi bo‘lmagani uchun kaltaklagan. 

Ma'lum qilinishicha, yetmish yoshli ayolning avval uch marotaba sudlanib chiqqan bu o‘g‘li spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan hamda ichib olganda onasini doimiy ravishda urgan. 

Jinoiy ish materiallarini o‘rganib chiqqan sud Oleg D.ni to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi.

Top