12:40 / 02.01.2017
8429

Janubiy Koreya prezidentining iste'foga ketishiga sabab bo‘lgan ayolning qizi hibsga olindi

Foto: Ap

Janubiy Koreya prezidentining iste'foga ketishiga sabab bo‘lgan ayol, uning dugonasi Tsoy Sun Silning qizi Daniyada hibsga olindi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Daniya politsiyasi Janubiy Koreya huquq-tartibot muassasalarini Tsoy Sun Silning qizi Chon Yu Ra mamlakatda noqonuniy bo‘lish aybi bilan hibsga olinganidan xabardor qildi. Avvalroq Janubiy Koreya rahbariyatidagi korruptsion mojaro bo‘yicha maxsus komissiya interpolga Chon Yu Rani qidiruvga berish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Qiz asosan Germaniyada istiqomat qilgan. Tergovchilar uni so‘roq qilishga chaqirishga urinishgan, biroq qiz ularga javob bermagan. Bu orada huquq-tartibot muassasalarida qizning ot sportiga o‘rgatilishi, unga bunda zarur bo‘lgan maxsus ust-bosh va otlarning sotib olinishiga sarflangan, Tsoy Sun Silning Germaniyadagi firmasi va Samsung kompaniyasi o‘rtasidagi 18 mln dollarlik shartnoma bo‘yicha savollar mavjud. Ayni vaqtda tergovchilar qizning repatriatsiya qilinishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlashmoqda.

 

Top