10:16 / 03.01.2017
22652

Bag‘dodda 35 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt videosi tarqaldi

YouTube portalida kuni kecha Iroq poytaxtida yuz bergan terakt tasvirlangan video chop etildi.

Rudaw telekanalining xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 60 inson turli jarohatlarni olgan.

Fojia Bag‘dodning Madinat-es-Sadr tumanida ro‘y bergan. Portlovchi qurilmaga ega bo‘lgan terrorchi minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan.

Terakt uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Top