11:28 / 03.01.2017
16782

Yong‘indan jabr chekkan oilaga yordam bering!

Foto: Muxlis.uz

Shayx Zayniddin jome masjidiga poytaxtimizning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Jamoliddin Muhiddinov ismli fuqarodan yozma murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi Muxlis.uz sayti. 

Unda quyidagi so‘zlar bitilgan:

“2016 yilning 9 dekabr kuni kechasi soat 24.00 da uyimizda yong‘in sodir bo‘ldi. Hech narsani asrab qololmadik. Hamma buyumlar yonib ketdi. Ayolim va 3 nafar farzandim bilan ko‘chada qoldik. Alloh roziligi uchun, imkoningiz bo‘lsa, bizga yordam berishingizni iltimos qilaman. Jamoliddin Muhiddinov Kamoliddin o‘g‘li”.

Aziz savobtalab mo‘minlar, “tilsiz yov”— yong‘in balosidan jabr chekkan yurtdoshimizga qo‘lingizdan kelgan yordamingizni ayamang!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, pr.Xo‘jalik, 2-tor, 15-uy.
Telefon: 845-74-34

Top