11:19 / 03.01.2017
5004

Xitoy kosmik parvozlar bo‘yicha o‘z rekordidan o‘zib ketishni rejalashtirmoqda

Foto: EPA

Xitoy 2017 yilda taxminan 30 kosmik parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, bu so‘nggi bir necha o‘n yillarda o‘z kosmik dasturini faol rivojlantirayotgan mamlakat uchun yangi rekord natija hisoblanadi. "Chjungo sinvenvan" portali Xitoy aerokosmik ilmi va texnikasi korporatsiyasi (CASC) xabariga asoslanib, ana shunday ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

CASC statistikasiga ko‘ra, 2016 yilda Xitoy 22 marta turli kosmik parvozlarni amalga oshirdi hamda birinchi marta yangi avlod raketa-tashuvchilari "Chanchjen-5" va "Chanchjen-7"ni ishga tushirdi. 

"2017 yil "Chanchjen-5" raketa-tashuvchisi sinovida katta ahamiyatga ega bo‘ladi", - dedi "Chanchjen-5" dasturi rahbari Van Yuyshuo. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur raketa-tashuvchi "Chan'e-5" qurilmasini kosmosga olib chiqadi va Oy sathiga qo‘nadi, keyin esa oy jinslari namunalari bilan Yerga qaytadi. 

Shuningdek 2017 yilning birinchi yarmida "Chanchjen-7" raketa-tashuvchisi yordamida Xitoyning birinchi yuk kemasi "Tyanchjou-1"ni orbitada joylashgan "Tyangun-2" kosmik labaratoriyasi bilan bog‘lanish uchun ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Top