17:50 / 03.01.2017
15262

Qozog‘istonliklar tayoqchasi bo‘lmagan politsiyachilar ustidan kulishdi 

Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo‘l politsiyachilarini taqlid qilib chiqishdi. Ular politsiya xodimlari tomonidan to‘xtash haqidagi ko‘rsatma endi qanday amalga oshishini tasavvur qilib ko‘rishgan.

Videotaqlidlardan biri Instagram’dagi kartop.tv sahifasida paydo bo‘ldi.

Territima sahifasida esa tayoqchasi bo‘lmagan politsiyachilarni taksi mijozlari bilan taqqoslashdi.

Ma'lumot uchun, Qozog‘istonda 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab politsiya tayoqchalaridan voz kechildi. Haydovchilarga to‘xtash haqidagi ko‘rsatma qo‘l hamda tovushli va chiroqli signallar yordamida beriladi.

Mavzuga oid
Top