15:43 / 03.01.2017
22870

OAV: Istanbul terakti ijrochisi professional qotil bo‘lgan

Istanbulda Yangi yil kuni tungi klublardan biriga bostirib kirib, odamlarni qirg‘in qilgan shaxs professional qotil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hurriyet Daily News nashrining xavfsizlik xizmatidagi manbalariga asoslanib xabar qilishicha, u maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan qotildir.

«U avvaldan reja qilgan holda, natijaga erishish uchun aniq va sovuqqonlik bilan harakat qilgan», — degan aksilterror choralar bo‘yicha ekspert Abdulla Agar.

Uning fikricha, ushbu terrorchi muqaddam urushlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, uning harakatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, «u shubhasiz avvaldan qonxo‘r qotil bo‘lgan va ko‘p martalab odamlarni o‘ldirgan».

Bundan oldinroq Turkiya politsiyasi terakt ijrochisini qidirish bo‘yicha maxsus amaliyotda muvaffaqiyatga erisha olmayotgani aytilgandi.

1 yanvar kuni Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubda yangi yil kechasi terakt sodir etildi. Bu hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohatlandi. Qurbonlarning 24 nafari xorijlik edi.

Mavzuga oid
Top