20:46 / 03.01.2017
10203

Pekinni chulg‘ayotgan smog videoga tushirildi

Pekinni tezlik bilan chulg‘ayotgan smog videoga olindi. Rolik 3 yanvarda chop etilgan.

Tezlashtirilgan videoda Pekin ko‘chasi 20 daqiqa ichida deyarli tutun ichida qolganini ko‘rish mumkin. Ayni vaqtda Pekinda havo ifloslanganligining xavflilik bo‘yicha 2-darajali "zarg‘aldoq" darajasi e'lon qilingan. 

TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, shaharda smog 6 ta tezkor shossedagi transport harakatini to‘xtatib qo‘ygan. Pekin hukumati bir qator qurilish va korxonalarda ishlarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Havo ifloslanganligi darajasi kamayishini 5 yanvardan oldin kutish yaramasligi aytilgan.

Top