23:58 / 03.01.2017
42924

O‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari oshirildi

O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan o‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari tasdiqlandi. Shuningdek ta'lim sohasini tartibga soluvchi qoidalarga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida "Norma.uz" saytida xabar berildi
 
Manbaga ko‘ra, 1 yanvardan haftalik o‘quv yuklamalari quyidagi tartibda oshiriladi: 

bolalar musiqa va san'at maktablari o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi - boshlang‘ich sinflar uchun 22 soatdan 24 soatga va yuqori sinflar uchun 18 soatdan 20 soatga;
sport maktablaridagi ustoz-murabbiylarning o‘quv yuklamasi - 24 soatdan 26 soatga;
"Barkamol avlod" markazlaridagi to‘garaklar rahbarlarining o‘quv yuklamalari - 18 soatdan 24 soatgacha.

Shunga muvofiq ayrim hukumat qarorlariga o‘zgarishlar kiritiladi. 
  
 
 

Top