20:31 / 04.01.2017
12796

2016 yilning eng xavfsiz aviakompaniyasi ma'lum qilindi

Germaniyaning JACDEC (Jet Airliner Crash Data Evaluation Centre) aviatsiya xavfsizligi markazi aviakompaniyalarning xavfsizlik reytingini chop etdi. Bu reytingda 1-o‘rinni,  Oneworld alyansi a'zosi, Gonkongning Cathay Pacific aviakompaniyasi egalladi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda

Foto: : Cathay Pacific Airways

Shuningdek, yetakchi beshtalikka Yangi Zelandiyaning Air New Zealand, Xitoyning Hainan Airlines, Qatarning Qatar Airways va Niderlandiyaning KLM aviakompaniyalari kirdi. 

Eng yaxshi 10 ta aviakompaniyaning oxirgi pog‘onasini Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyasi egalladi. 

Ayni vaqtda 60 ta o‘rindan iborat bo‘lishi kerak bo‘lgan ro‘yxatning bir qismi: 12 ta ilk o‘rin (12-o‘rinda Germaniyaning Lufthansa’si) va uchta oxirgi o‘rin (60-o‘rinda China Airlines) chop etildi. To‘liq ro‘yxat 18 yanvarda paydo bo‘ladi. 

Reyting 2016 yildagi aviatsiya voqealariga asoslangan.

Cathay Pacific Gonkong xalqaro aeroportida joylashgan aviakompaniya bo‘lib, Skytrax besh yulduzli reytingiga ega 6 ta aviakompaniyadan biri hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top