15:25 / 04.01.2017
14502

30 yoshgacha bo‘lgan eng yorqin ishbilarmonlar reytingi taqdim etildi

Forbes jurnali 30 yoshgacha bo‘lgan 600 nafar eng yorqin yoshlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ular venchur investitsiyalar, sport, musiqa, kino, o‘yinlar, ishlab chiqarish, marketing, huquq va boshqa sohalar rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun mazkur ro‘yxatga munosib ko‘rilgan. 2017 yilda ro‘yxatdan Prisma, MSQRD va GitLab yaratuvchilari o‘rin oldi. 

"Iste'molchi texnologiyalari" bo‘limida Prisma Labs'ning 26 yoshli rahbari Aleksey Moiseyenkov va MSQRD'ning 24 yoshli yaratuvchilari  Yevgeniy Nevgen va Sergey Goncharlar nomi qayd etildi.  

29 yoshli ukrainalik tadbirkor Dmitriy Zaporojyets "Korporativ texnologiyalar" ruknidan joy oldi. U dunyoning millionlab dasturchilari va o‘n minglab kompaniyalari (NASA, IBM, AT&T va b.) foydalanadigan GitLab manba kodini saqlovchi servis yaratuvchisi sifatida mashhur. GitLab - August Capital, Khosla Ventures va aktyor Eshton Katcher sarmoyalarini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shuningdek reytingda Lyft top-menejyeri Devid Rast, Uber'ning top-menejyeri Brayan Tolkin, Periscope hammuassislari Jozef Bernshteyn va Keyvon Beykopur, aktrisa Margo Robbi, Lonely Planet nashri rahbari Deniyel Xyuton, Tesla'ning batareyalar ishlab chiqaruvchi bo‘limi menejyeri Jastin Barouzilar nomlari qayd etilgan. Hakamlar hay'ati ro‘yxat ishtirokchilarini 15 mingdan ziyod nomzod orasidan tanlab olgan.

Mavzuga oid
Top