10:12 / 04.01.2017
9847

Assanj: Obama ma'muriyati Trampni noqonuniy prezident deyishga urinmoqda

Foto: Fox news

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh Demokratik partiyasi va Xillari Klinton saylovoldi shtabi a'zolari elektron maktublarining chop etilishiga Rossiyaning aloqadorligini yana bir marotaba qat'iyan inkor etdi. Assanj bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Biz oxirgi oylar bizning manba – Rossiya va boshqa biror davlat emasligini takror-takror aytib kelganmiz", deb aytdi Assanj. U Oq uy va AQSh Federal qidiruvlar byurosining oxirgi bayonotlarida WikiLeaks’ga iqtiboslar yoki eslatmalar keltirmayotganiga e'tibor qaratgan. "Bu juda taajjubli", deb izoh berdi bu holatga Assanj.

Assanj Barak Obama Rossiya AQShdagi saylovlar borishiga aralashganini aytib amerika xalqini aldayotgani-yo‘qligi haqidagi savolga Obamani tajribali huquqshunosga qiyosladi. "Agar uning ko‘plab bayonotlariga qarasangiz, u bu haqda gapirmaydi. Obama WikiLeaks Rossiyadan axborot olgani va Rossiya bilan ishlaganini aytmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Assanj.

Assanjning fikricha, Obamaning ketayotgan ma'muriyatining bunday harakatlari "Tramp ma'muriyatini yomonotliq qilishga" qaratilgan. "Ular saylangan prezident Tramp qonuniy prezident hisoblanmasligini aytishga urinishmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Assanj.

Top