10:10 / 04.01.2017
5141

BMT: Mo‘sullik qochqinlar oqimi 50 foizga oshdi

Foto: Reuters

Iroqning Mo‘sul shahrini har kuni tark etayotgan odamlar soni shaharni jangarilardan ozod qilish operatsiyasining 2-bosqichi boshlangandan keyin 50 foizga oshdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

Dyujarrik bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 29 dekabrdan Mo‘sulda harbiy operatsiyalar faollashgani kuzatilmoqda. Oxirgi 5 kun ichida shahardan 13 ming kishi qochib ketgan. "Shaharni har kuni tark etayotgan odamlarning o‘rtacha soni harbiy harakatlar faollashganidan keyin deyarli 50 foizgacha – 1,6 mingdan 2,3 minggacha oshgan", deb aytdi Dyujarrik. Uning aytishicha, Mo‘sulni tark etgan odamlar soni 130 minggacha yetgan.

Dyujarrikning ma'lum qilishicha, BMT va uning hamkorlari shaharning sharqiy mavzelariga gumanitar yordam yetkazmoqda, vaziyat barqarorlashgan. Mo‘sulda har kuni 1 tonna suv, oziq-ovqat va birinchi ehtiyojdagi tovarlar taqsimlanmoqda.

Mavzuga oid
Top