10:36 / 04.01.2017
12144

Donald Trampning qizi Vashingtonda Obama bilan qo‘shni bo‘lib yashaydi

Foto: AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Vashingtonda yashash uchun yangi uy topishdi. Bu haqda The Washingtonian jurnali xabar bermoqda.

Washington Fine Properties ko‘chmas mulk agentligining nashrga xabar berishicha, uch farzandi bo‘lgan oilaviy juftlik barcha kerakli hujjatlarni imzolab bo‘lgan. Ivanka Tramp va Jared Kushner nufuzli Kalorama tumanida istiqomat qilishadi. Bu yer esa AQSh ma'muriyatining amaldagi rahbari Barak Obama lavozimidan ketgandan so‘ng yashashga qaror qilgan joyga juda ham yaqindir.  

Ivanka Tramp va Jared Kushner uch qavatli muhtasham uyga ko‘chib o‘tishadi – unda oltita yotoqxona bor. Uyning sotuvdagi qiymati 5,5 million dollarni tashkil qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli Kushner qaynotasining saylovlardagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. U respublikachi Donald Trampning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top