17:37 / 04.01.2017
9429

LG g‘aroyib simsiz changyutgichlarni taqdim etadi

Foto: LG

Smart Inverter Motor (SB) va Axial Turbo Cyclone (SB) changni kuchli tortib olish hamda ishlatishning ajoyib qulayligini ta'minlaydi

Las-Vegas, 2017 yil 2 yanvar. – Las-Vegasda kelasi haftadagi CES® 2017 ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi CordZero (SB) changyutkichlar yangi avlodinini taqdim etadi. Ular yanada yangilangan CordZero Handstick va CordZero Canister modellari bilan taqdim etilgan hamda foydalanuvchilarga    LG AERO SCIENCE vakuumli texnologiyasini qo‘llagan holda tozalash ishlarining yangi sifatini his qilish imkonini beradi.

Foto: LG
Foto: LG

LG CordZero Handstick: Kuchli tortib olish va ergonomik foydalanish

Yangi CordZero Handstick o‘zining Smart Inverter Motor (SB) uzatmasi sabab yuqori darajadagi tortib olish kuchini ta'minlaydi. U samolyot dvigatelidan 16 marotaba tezkor aylanadi hamda 3D turboventilyatorga kuchli havo oqimini yaratish imkonini beradi. 10 yillik kafolatga ega bo‘lgan Smart Inverter Motor yuqori ishlab chiqarish va ixcham hajmda uzoq muddat foydalanish imkonini berib, quvvatni changyutkich boshiga Power Drive Nozzle (SB) soplosi orqali yetkazib beradi. Bundan tashqari Smart Inverter Motor dvigateli tomonidan yaratiluvchi Axial Turbo Cyclone (SB) kuchli havo oqimini tashkil qilib, ular mayda changlardan ancha samarali tozalaydi. Changyutkichning yaxshilangan 5-pog‘onali filtratsiya tizimi HEPA 13 filtrini qo‘llaydi. Bu tozalash ishlari davomida paydo bo‘ladigan changni ko‘proq yo‘qotish imkonini beradi. Bundan tashqari, Dual PowerPack (SB) ikkita yechiladigan litiy-ionli batareyalar changyutkichga quvvat olish uchun to‘xtamay ko‘proq ishlash imkonini taqdim etadi.

2017 yilga mo‘ljallab ergonomik yaxshilangan LG Cord Zero Handstick teleskopik tutqichga ega bo‘lib, u balandlikni bir maromda ushlash hamda baland shiftlarning burchaklariga qadar yetib borishi mumkin. Chuvaltirishga qarshi texnologiya sochlar va uy hayvonlarining yunglari cho‘tkaga chalkashib ketishidan saqlab turadi. Bularning barchasi devorga ilinuvchi quvvatlash uskunasi bilan birgalikda uyni tozalash ishlarini yengillashtiradi.

Foto: LG

 

Foto: LG


 
LG Cord Zero Canister: Uyni betashvish va kuchli tozalash

Yangi Cord Zero Canister ko‘plab yangilangan funksiyalar bilan taqdim etilmoqda. Ular uyni tozalashda qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Smart Inverter Motor havo oqimini Axial Turbo Cyclone yordamida kuchaytiradi va Power Pack (SB) 72 Vt litiy-ionli akkumulyator yordamida kuchli tortib olishni ta'minlaydi. RoboSense (SB) 2.0 ilg‘on texnologiyasida ishlovchi changyutkich foydalanuvchi ortidan boradi, shuning uchun uni sudrab yurishga hojat yo‘q. Cord Zero Canister changyutkichining to‘siqlarni farqlash tizimi ularni intellektual tarzda aniqlab, oldinda o‘rnatilgan maxsus datchik tufayli ularni chetlab o‘tishi mumkin. qurilma shuningdek Power Drive Nozzle kuchli soplosiga va US Ergonomics laboratoriyasi tomonidan sertifikatlangan Opti-balanced Handle (SB) tutqichiga ega. U nazoratni kuchaytirish va foydalanuvchining bilagi hamda tirsagiga tushadigan bosimni kamaytirish evaziga foydalanishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, CordZero Canister 7 pog‘onali filtratsiya tizimi HEPA 14 filtrini qo‘llaydi. U esa boshqa changyutkichlar tozalay olmagan ultra-mitti chang va allergenlarni yutib yuboradi.

«LG kompaniyasining eng ilg‘or vakuumli texnologiyalari integratsiyasi tufayli, bizning Cord Zero (SB) yangi mahsulotlarimiz tozalash sifatini butunlay o‘zgartirib yuboradi», - deya aytib o‘tdi LG Electronics Home Appliance & Air Solutions Company kompaniyasi prezidenti Daxyun Song. «Cord Zero yangi seriyasi bizning eng funksional maishiy texnika ishlab chiqishga bo‘lgan sodiqligimizni iste'molchilarga o‘zlari istagan qulaylikni taqdim etish orqali ko‘rsatib beradi».

# # #
* Boeing 747’dagi daqiqasiga 7000 marotaba aylanuvchi Rolls-Royce RB211 dvigateli bilan daqiqasiga 115 000 marotaba aylanuvchi Smart Inverter Motor’ning solishtirilish

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top