18:03 / 04.01.2017
6551

Xitoyda qurollangan shaxs bolalar bog‘chasiga hujum qildi

Pichoq bilan qurollangan shaxs Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor hududidagi bolalar bog‘chasiga bostirib kirdi va 11 bolani jarohatladi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida xabar qilindi.

Bu hodisa Pinsyan shahrida mahalliy vaqt bilan soat 15:30da ro‘y bergan. Tez orada bu shaxs huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Jarohat olgan bolalarning 5 nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan. 

Hujum sababi ma'lum emas.

Mavzuga oid
Top