12:07 / 04.01.2017
12616

Maykl Jyeksonning singlisi 50 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi

Foto: Twitter/NBCNews

Pop qiroli Maykl Jyeksonning singlisi, amerikalik qo‘shiqchi Janet Jyekson 50 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda qo‘shiqchining vakiliga asoslanib, People xabar bermoqda.

«Janet Jyekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al Mana o‘zlarining ilk farzandi Eys al Mananing tug‘ilganidan juda xursand», — deb ma'lum qilgan qo‘shiqchining vakili.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Jyeksonning tug‘uruq jarayoni yengil kechgan va u ayni damda salomatligi tiklanmoqda.

Ma'lumot uchun, Janet Jyekson 2012 yilda uchinchi bor erga tekkan edi. Uning turmush o‘rtog‘i Vissam al Mana biznesmen bo‘lib, asli qatarlik hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top