21:06 / 04.01.2017
21143

Metroning Yunusobod yo‘nalishi qachon qurib bitirilishi ma'lum qilindi

Toshkent metrosi Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi 2017-2019 yillarda amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida qurilishi yakunlanmagan obektlarning qiymati qayta baholash hisobga olingan holda 2016 yil 1 oktabriga 6,91 mlrd so‘mni tashkil qiladi. 

Qiymati 124,8 mln dollarlik loyiha O‘zbekiston Davlat byudjyeti (72 mln dollar) va O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va taraqqiyot fondi (52,8 mln dollar) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Fond import qurilmalar va butlovchi buyumlar sotib olinishi, xorijiy mutaxassislar tomonidan loyihaviy hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun xizmatlarning to‘lanishi, qurilishning texnik nazorati va boshqalar uchun kredit taqdim qiladi.

Fondning krediti 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga beriladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi yillik 2,5 foizni tashkil qiladi.

Yunusobod yo‘nalishi yana uchta stansiyaga uzaytiriladi, ularning ishchi nomlari "Fayzulla Xo‘jayev", "Yunusobod" va "Turkiston".

Mavzuga oid
Top