14:47 / 04.01.2017
21141

O‘zbekistonda huquqlari poymol bo‘lgan iste'molchilarga deyarli 3 milliard so‘m qaytarildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bergan. 

Qo‘mitaning ushbu sohadagi faoliyati tahlilining ko‘rsatishicha, aholining iste'molchilik madaniyati tobora oshib bormoqda. Xususan, 2016 yilda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga jami 6843 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 5011 tasi – yozma, 1832 tasi ishonch telefoni orqalidir. 

Murojaatlarning aksariyati kommunal sohaga (61,3 foiz), savdo va umumiy ovqatlantirishga (22,2 foiz), transport, xizmat va kommunikatsiyalar sohalariga (6,5 foiz) va boshqa sohalarga (10,0 foiz) to‘g‘ri kelgan. 5011 ta yozma murojaatlarning 4591 tasi iste'molchilarning foydasiga hal etildi, ishonch telefonlari orqali tushgan 1832 ta murojaatdan 1135 tasi ko‘rib chiqildi va tegishli choralar ko‘rildi, qolgan 697 ta murojjatlar bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi. 

Jami bo‘lib 2 927,3 mln. so‘m iste'molchilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Mavzuga oid
Top