16:24 / 04.01.2017
6701

WikiLeaks yo‘qolgan hujjatlar uchun katta mukofot e'lon qildi

Foto: Reuters

WikiLeaks AQSh milliy arxivlar boshqarmasidan yo‘qolgan ma'lumotlar uchun 20 ming dollar e'lon qildi. WikiLeaks'ning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinishicha,  yo‘qolgan hujjatlar Hillari Klinton bilan yozishmalarga oid bo‘lgan.

Shuningdek akkaunt noyabr oyidagi ma'lumotni retvitlagan - unda Klinton bilan elektron yozishmalarga oid ma'lumotlar bo‘lgan diskning yo‘qolganligi haqida xabar berilgandi. 

"Ikki terabaytli ma'lumotni o‘zida jamlagan disk taxminan milliy arxiv va ro‘yxatdan o‘tkaziluvchi hujjatlar boshqarmasidan o‘g‘irlab ketilgan", - deya xabar beradi WikiLeaks.

Mavzuga oid
Top