18:45 / 05.01.2017
43692

Bektemirning zarbasidan Zidanning parvozigacha: 2016 yilning sportdagi eng yorqin lahzalari

O‘tgan 2016 yilda jahon sporti Rio Olimpiadasi, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati, «Tur de Frans» va boshqa qator yorqin musobaqalarga boy bo‘ldi. Ularni kuzatgan mohir fotosuratchilar ushbu musobaqalarning eng yorqin lahzalarini kameralariga muhrlashga muvaffaq bo‘lishdi. Quyida shunday suratlarni e'tiboringizga havola etamiz. 

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi.

 

Buyuk Britaniyalik Kris Frum «Tur de Frans» musobaqasida g‘alaba sari harakatlanmoqda.

 

Amerikalik suzuvchi Jordan Villimovskiy Rio Olimpiadasi o‘yinlarida.

 

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gaal hakam oldida yiqilib tushdi.

 

Venesuelalik Enji Sabrina Gonsales Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yini finalida.

 

«Formula-1» bo‘yicha Force India jamoasining a'zosi Niko Xyulkenberg Singapur Gran-prisida halokatga uchradi, yaxshiyamki, jiddiy jarohat olmadi.

 

Artur Axmatxuzin Rio Olimpiadasida amerikalik Mayls Maynxardtga hujum qilmoqda.

 

Jo Hart Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida Pepening zarbasini qaytarmoqda. Afsuski, «Manchester Siti» darvozabonining jasorati finalga chiqishga yordam bera olmadi.

 

2016 yilda o‘z faoliyatini yakunlagan afsonaviy amerikalik basketbolchi Kobe Brayant Kids' Choice Sports Awards mukofotini topshirish marosimida.

 

NHL (Milliy xokkey ligasi)da «Philadelphia Flers» jamoasi sharafini himoya qiluvchi Maykl Del Zotto «Montreal Canadians»ga qarshi bahsda oynali to‘siqqa urilib, uni sindirib yubordi.

 

Avstraliyalik suzuvchi Mitch Larkin Sidneyda bo‘lib o‘tgan musobaqada — 100 metrga chalqancha suzish bo‘yicha ishtirok etmoqda.

 

Meksikalik bokschi Misael Rodriges o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev bilan Rio Olimpiadasi yarim finalida kuch sinashmoqda. 75 kggacha vazn toifasidagi bahsda O‘zbekistonning 20 yoshli sportchisi ustun keldi.

 

Yevro-2016 finali katta ekranlarda: jarohat olgan Krishtianu Ronalduni maydondan olib chiqishmoqda.

 

G‘alaba nashidasi. Chempionlar ligasi finalida Madridning «Atletiko» jamoasidan ustun kelgan «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni shogirdlari o‘ziga xos uslubda qutlashmoqda.

 

Islandiya terma jamoasi futbolchisi Ari Skulasson Yevro-2016 musobaqasida Angliya termasi ustidan qozonilgan g‘alabani o‘g‘li bilan nishonlamoqda.

 

Riodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari, velotrek. Niderlandiyalik Lorin van Rissen (chapda) va fransuz Virjin Kef o‘rin uchun kurashmoqda.

 

Chexiyalik tennischi Barbara Stritsova Australian Open-2016 turniridagi belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi o‘yinda.

 

Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Rio-2016 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha yarim final bahsida finishga yaqinlashmoqda.

 

Armanistonlik og‘ir atletikachi Andranik Karapetyan 2016 yilgi Olimpiada chog‘ida og‘ir jarohat oldi.

 

Vena marafoni ishtirokchilari Dunay daryosini Avstriya poytaxtidagi Rayxsbryuk ko‘prigidan kesib o‘tmoqda. Unda 42 ming kishi ishtirok etdi.

 

Britaniyalik Tomas Deyli Olimpiya o‘yinlarining 10 metrdan suvga sakrash bo‘yicha yarim final bahsida. 

 

«Bruklin Nets» jamoasi markaziy himoyachisi Bruk Lopes «Klivlend Kavalers» hujumchisi Tristan Tompson bilan Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi bahsida to‘p uchun kurashmoqda.

 

«Frayburg» darvozaboni Aleksandr Shvolov jamoasining «RB Leyptsig»ga urgan golini nishonlamoqda. O‘yin qorli kunda bo‘lib o‘tgan.

 

Osiyo sportida yil kashfiyotiga aylangan Shahram G‘iyosov g‘alabalarini Ronalduga taqlidan nishonlab, ko‘pchilikning e'tiborini o‘ziga tortgandi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida JCh-2018 saralashi doirasida Qatar terma jamoasiga urilgan golni marhum prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.

 

Rio Olimpiadasidagi teatr sahnasi ko‘rinishidan parcha. Hakamlar o‘zbekistonlik kurashchi Ixtiyor Navro‘zovni g‘olib sifatida e'lon qilishiga norozilik belgisi sifatida mo‘g‘ulistonlik murabbiylar hammaning ko‘z o‘ngida yechinishdi.

Mavzuga oid
Top