Atrofga nazar tashlasak yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga havas qilasan kishi. Kimdir tadbirkor, kimdir esa jahonni lol qoldirgan sport ustasi, boshqasi ixtirochi, kashfiyotchi… Bugungi yoshlar bitta faoliyat bilan cheklanib qolgani yo'q. Ayniqsa, yosh tadbirkor tushunchasi tobora kengayib bormoqda. Imkoniyatlar ko'lami ham yanada ortgan. Buning uchun yoshlar tadbirkorligidagi imtiyozlar va qonun-qoidalardan keraklicha xabardor bo'lib borilsa kifoya.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ta`sisligida tashkil etilgan Respublika yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash Markazi yosh tadbirkorlarimiz uchun yana bir imkoniyat manziliga aylandi. Shoshiling, Markaz xizmat ko'rsatishni boshladi.

Hurmatli yosh tadbirkorlar! Sizning muammo, tashabbus va takliflaringizni tinglash va amaliy ko'makchi bo'lish uchun Respublika yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash Markazi doimiy aloqada.

Respublika yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash Markazining asosiy maqsadi: Yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ishtirokini yanada faollashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, yoshlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish va ularni hayotga tadbiq etishiga ko'maklashish hamda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy yordam berishdan iborat.

Manzil: “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi binosi
Murojaat uchun tel: (+99895) 170-90-34