18:58 / 05.01.2017
21126

Eng katta xotiraga ega USB-fleshkalar taqdim qilindi

Kingston Technology kompaniyasi 1 va 2 Tb hajmga ega DataTraveler Ultimate seriyasidagi fleshkalarni taqdim qildi. Kompaniya bu fleshkalarni dunyodagi eng katta xotiraga ega fleshkalar deb atamoqda. Fleshka ma'lumotlarni saqlash uchun juda katta hajm berishi bilan uning o‘lchamlari bor-yo‘g‘i 72 x 27 x 21 mm ni tashkil qiladi.

Fleshkadan ma'lumotni o‘qish va uni yozish tezligi ma'lum qilinmagan, uni kompyuterga ulash uchun ma'lumotlar bilan tez ishlashga mo‘ljallangan USB 3.1 qo‘llanadi. Yangi fleshkalarning korpusi yuqori mustahkamlikka ega rux qotishmasidan tayyorlangan. Ular savdoda 2017 yil fevral oyida paydo bo‘lishi kerak. Fleshkaning narxi ma'lum qilinmagan. Albatta bu fleshkalar nafaqat dunyodagi eng sig‘imdor, balki eng qimmat fleshkalar ham bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Top