13:43 / 05.01.2017
6176

Nokia'ning hamkori yangi smartfonlarga oid ma'lumotlardan voqif qildi

Foto: yle.fi

2017 yilda Nokia'ning smartfonlar bozoriga qaytishiga shubha yo‘q. Brendning Malayziyadagi rasmiy distribyutori bo‘lgan Avaxx kompaniyasi kutilmaganda bu boradagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Lowyat.net'da shu haqida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, Foxconn kompaniyasi Nokia brendi ostidagi Android-smartfonlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, qurilmalarning bozordagi savdosi esa HMD Global'ning zimmasida. 

Avaxx riteylerlar bilan uchrashuvda Nokia'ning 2017 yildagi rejalariga oid slaydni namoyish qildi. Unga ko‘ra, 2017 yilning II choragida afsonaviy brend ostida 6 yoki 7 Android-qurilma taqdim etiladi. Ularning orasida ham byudjyet qurilmalar, ham flagmanlar bilan bellasha oluvchi top-smartfonlar bo‘ladi. 

Top