12:59 / 05.01.2017
11143

«Real» «Barselona» rekordini takrorlash arafasida

«Real» Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida kechgan uchrashuvda «Sevilya»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Madridliklar klubi bu g‘alabadan keyin barcha turnirlar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 38 uchrashuvga yetkazdi (29 g‘alaba va 9 durang). Endi Zidan shogirdlari «Barselona»ning bu borada Ispaniya futboli tarixida o‘rnatgan natijasini takrorlashga yanada yaqin. Kataloniyaliklar jamoasi 2015/16 yilgi mavsumda qatorasiga 39 uchrashuvda yutqazmagandi.

«Real» oxirgi marta 2016 yilning 6 aprelida mag‘lubiyatli o‘yin o‘tkazgandi. O‘shanda jamoa YeChLning chorak finali doirasida «Volfsburg»ga qarshi kechgan safar uchrashuvida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

7 yanvar kuni madridliklar jamoasi Ispaniya chempionati doirasida Madridning «Granada» jamoasini qabul qiladi va bu o‘yinda yutqazmaslik orqali Enrike jamoasi rekordini takrorlashi mumkin bo‘ladi.

Top