19:03 / 05.01.2017
7324

Suriyaning Lataqiya viloyatida kuchli portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor

Suriyaning Lataqiya viloyati Jyebla shahridagi mahalliy stadionlardan birining yonida kuchli portlash yuz berdi. Tarmoqda voqea joyidan olingan fotosuratlar joylashtirilgan.

SANA agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, terakt sabab halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor. Bu borada aniq raqamlar hozircha keltirilmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, minalashtirilgan avtomobil portlatilganidan so‘ng bir necha mashinalar va savdo nuqtalarida yong‘in ro‘y bergan.

Hozircha hech qaysi terrorchilik guruhi yuz bergan portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.

Top