13:54 / 05.01.2017
35155

“Virtual qabulxonaga rahmat”

Tahririyatimizga Namangan shahrida istiqomat qiluvchi o‘quvchimizdan maktub keldi. Maktubda uning “Virtual qabulxona”ga yo‘llagan maktubi e'tiborsiz qolmagani hamda murojaat qilingan masala yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilgani bayon etilgan. 

Quyida ushbu maktubni e'tiboringizga havola etamiz:

“Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga berilayotgan e'tibordan juda ham mamnunmiz. Inson o‘z farzandining kamolini ko‘rishni, baxtli-saodatli bo‘lishini orzu qiladi. Ayniqsa, qiz bolalar taqdiri ota-ona uchun juda ham mas'uliyatli. 

Farzandim Matlubaxon yuragida tug‘ma porogi bilan tug‘ilgan edi. Og‘ir ishlarni bajara olmasdi, ozgina harakat qilsa, charchab qolardi. Shuning uchun har yili shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, davolanib keladi. Bu yil u 10 yoshga to‘ldi. Shifokorlar endi qizingizning yuragini operatsiya qildirsa ham bo‘ladi, deyishdi. Lekin operatsiya uchun ketadigan dori-darmonlar, muoalajalarga mablag‘ zarur ekan. To‘g‘risi, bu mablag‘ ayni paytda o‘zimizda bo‘lmagani uchun yordam so‘rab virtual qabulxonaga murojaat qildim. 

Murojaatim e'tiborsiz qolmadi. Namangan shahar hokimligi menga amaliy yordam berdi. Homiylik mablag‘i o‘tkazib berildi. Viloyat kardiologiya markazida qizimning yuragini muvaffaqqiyatli operatsiya qilishdi. Hozir Matlubaxonning ahvoli yaxshi, yuragi ham bir maromda ishlayapti. 

Shuning uchun eng avvalo shahar hokimligiga, sahovatpesha homiylarga, viloyat kardiologiya markazining salomatlik posbonlariga oilamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu g‘amxo‘rlikkka javoban qizim albatta kelgusida yaxshi oila bekasi, faol inson bo‘lib jamiyatimizga, xalqimizga xizmat qiladi.

Dilfuza Boltaboyeva,
Namangan shahri, G‘uncha ko‘chasida yashovchi fuqaro”

Shu o‘rinda sizni qiynayotgan masala yuzasidan murojaatlaringizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga yo‘llashingiz mumkin ekanini eslatib o‘tamiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonalari ham tuziladi.

Top