09:19 / 06.01.2017
3988

AQShning sakkizinchi aviakompaniyasi Kubaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

ALASKA AIRLINES

Amerikaning Alaska Airlines aviakompaniyasi Havanaga birinchi tijorat reysini 5 yanvar kuni Sietl/Takoma xalqaro aeroportidan amalga oshirdi. Bu haqda aviatashuvchi saytida xabar berilgan.

Havanaga samolyotning parvozi 12 soat davom etdi. Shu bilan bir qatorda, reys Los-Anjyelesda to‘xtab o‘tgan.

Shu tariqa, Alaska Airlines AQShning Kubaga doimiy parvozlarni amalga oshiruvchi sakkizinchi aviakompaniyasiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Havanada AQShning Mayami shahridan 50 yil ichidagi birinchi doimiy reys noyabr oyida qo‘ngandi. U American Airlines aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.

 

Top