16:35 / 06.01.2017
5203

Endi Marreyning mehmonxonasi 8 million yevro qarz ekani ma'lum bo‘ldi

Britaniyalik tennischi Endi Marrey boshqaruvidagi Cromlix House Hotel Limited mehmonxonasi kreditorlardan 8 million yevro qarzdor ekani ma'lum bo‘ldi. Oxirgi yilda aksionerlar 234 ming funt miqdorida zarar ko‘rishgan.

Tennischi Shotlandiyada 2013 yili 2 milllion yevroga mehmonxona xarid qilgan, keyin unga 4,6 million yevro miqdorida sarmoya yo‘naltirgandi. U bu mehmonxonasida Kim Sirsga uylangandi.

Marrey – 2 karra Olimpiya chempioni va Katta Dubulg‘aning 3 karra chempioni hisoblanadi.

Ushbu tennischi 2016 yilda 10 million yevro ishlab topgan.

Top