23:27 / 06.01.2017
12013

Levandovski dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin

Xitoydagi klublardan biri «Bavariya»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovskiga 40 million yevrolik maosh tayinlashga tayyor. Bu haqda futbolchining agenti Tsezariy Kuxarskiy ma'lum qilgan.

U o‘z mijoziga qiziqish bildirayotgan klub nomini aniq keltirmagan.

Agar futbolchi bu taklifni qabul qilsa, 2016 yilning dekabrida «Boka Xuniors»dan «Shanxay Shenxua»ga o‘tib, 40 million yevroga yaqin maosh olishi aniq bo‘lgan argentinalik futbolchini ortda qoldirib, dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylanishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, Levandovski o‘tgan yilning dekabrida «Bavariya» bilan shartnomasini 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgandi.

5 yanvar kuni Xitoy sportiga javobgar ma'muriyat yulduz futbolchilarga sarf etilayotgan millionlarga cheklov o‘rnatilishi haqida ma'lum qilgandi.

«Futbolchilar va transfer uchun sarf etilayotgan pullar uchun maksimal narx belgilab beriladi. Jamoalar yulduz futbolchilar uchun pullarni aql bilan ishlatishi kerak», — deb yozilgandi ma'muriyat bayonnomasida.

Top