Rim papasi Frantsisk o‘z planshetidagi kamerani stiker bilan yopib qo‘ygan holda tushgan surati avval Vatikan nashrlarida, keyin esa ijtimoiy tarmoqlarda yoyildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari papaning iPad planshetidagi old kamerasi Vatikan gerbi tasvirlangan maxsus nakleyka bilan to‘sib qo‘yilganini payqashgan.
Umumiy taxminga ko‘ra, papaning planshetidagi kamera xakerlar masofadan turib uni boshqarib, papani yashirincha suratga va videoga olmasliklari nuqtai nazaridan yopib qo‘yilgan. Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg ham xuddi shunday yo‘l tutishni afzal ko‘radi.