11:51 / 06.01.2017
14655

Shimoliy dengizdagi orolda «kinder-syurpriz»lar sochilib ketdi

Germaniyaning Bremerxafen portiga kirib kelgan yuk kemasi dengiz to‘foni vaqtida plastik tuxumlar yuklangan konteynerni tushirib yubordi. Plastik o‘yinchoqlar to‘ldirilgan konteyner esa, dengizda suzib, Langeoog oroli sohiliga chiqib qoldi, deb xabar qilmoqda AP agentligi.

Sayyohlar farzandlari bilan birga Langeoog oroli sohillarida plastik «tuxum»larni to‘plamoqda, Germaniya, 5 yanvar. Foto DP

Har bir idishcha ichida mitti o‘yinchoqlar va rus tilidagi qo‘llanma bo‘lgan. «Kinder-syurpriz»lardan tashqari, sohilbo‘yida LEGO o‘yinchoqlarini ham topish mumkin.

O‘yinchoqlar «Aksel» sikloni tufayli vujudga kelgan kuchli to‘fon sabab sohilga chiqib qolgan, deb izohlaydi NDR. Daniyaga tegishli yuk tashuvchi kema bortidan Maersk firmasiga tegishli 5ta konteyner dengizga qulagan. Biroq havo bilan to‘la «tuxum»lar va plastik konstruktor ularni suv yuzasida saqlab qolgan. 

Mahalliy sayyohlik byurosi vakillarining aytishlaricha, 500 metrli cho‘milish dam olish maskanini plastmassa o‘yinchoqlardan zudlik bilan tozalash zarur, chunki navbatdagi to‘fon ularni dengizga olib ketishi mumkin. Shunga ko‘ra, mahalliy hukumat bu ishga mahalliy bolalar bog‘chasini yordamga chaqirishga qaror qilgan. 
 

Mavzuga oid
Top