19:01 / 06.01.2017
11179

Juda ham yirik g‘altak bir necha mashinani bosib ketishiga bir baxya qoldi

AQShning Pittsburg shahri yaqinida kabelli yirik g‘altak yuk mashinasidan tushib ketib, bir necha mashina bilan to‘qnashishiga bir baxya qoldi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.

U to‘rt avtomobil yonidan katta tezlikda o‘tib ketib, yo‘lning bir tomonida joylashgan to‘siqqa borib urilgan. Shundan so‘ng qarama-qarshi tomondagi to‘siqqa qarab, keyin yana ortga qarab yo‘l olgan – va shundan keyingina to‘xtagan.

“O‘z safarlarim davomida bunday vaziyatni hech ko‘rmagandim. Men bir necha yo‘l-transport hodisalariga guvoh bo‘lganman, biroq bunday holatni birinchi marta ko‘rishim”, - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan voqeaga guvoh bo‘lgan hamda uni videoga tushirgan Deyv Koul.


Top