08:52 / 07.01.2017
44024

AQSh razvedkasi hisobotini e'lon qildi: Bosh gumonlanuvchi – Moskva 

AQSh Milliy Razvedkasining ta'kidlashicha, RF rahbariyati 2016 yilgi Amerika saylovlariga ta'sir ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bunda u respublikachi Donald Tramp nomzodini ma'qul ko‘rgan. 

"Bizning baholashimizcha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligi uchun 2016 yilgi saylovlarga ta'sir ko‘rsatish uchun shaxsan ko‘rsatma bergan. Rossiyaning maqsadi Amerika jamoatchiligining AQShdagi demokratik jarayonlarga ishonchini barbod qilish va sobiq davlat kotibi Klintonning obro‘sini to‘kishdan iborat bo‘lgan, shu bilan uning prezidentlikka saylanishiga xalaqit berishdan iborat bo‘lgan. Bundan tashqari, Putin va Rossiya hukumati saylangan prezident Trampni ochiqcha qo‘llab-quvvatlagan", — deyiladi MRB, FQB va Milliy xavfsizlik agentligining qo‘shma hisobotida. 

Qayd etish joizki, o‘tgan yilning oktabr oyidayoq, AQSh razvedkasi mamlakat saylov tizimlariga uyushtirilgan kiberxurujlar ortida "rossiyalik xakerlar" turganini ta'kidlagan edi. Keyinroq, Markaziy Razvedka Boshqarmasi OAV vositasida Demokratik partiya serverlarini buzishda Rossiyani ayblagandi. Shu bilan bir vaqtda, AQSh hukumati Rossiyaning xakerlik hujumlariga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni keltirmagan. Rasmiy Moskva bu kabi ayblovlarni rad etmoqda. 

Mavzuga oid
Top