22:36 / 07.01.2017
4500

Angliya kubogi. «Everton», «Vest Bromvich», «Stok», «Bornmut» musobaqa bilan erta xayrlashdi

Angliya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar nihoyasiga yetib, 1/16 final bosqichiga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi.

Markaziy uchrashuvlardan biri Liverpulda bo‘lib o‘tdi. Unda «Everton» jamoasi o‘z uyida amaldagi chempion «Lester»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani tark etdi.

Shuningdek bir qator APL ishtirokchilari ham kutilmagan musobaqa bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keldi. «Stok Siti» «Vest Bromvich» kabi jamoalar o‘z uyida, «Bornmut» esa mehmonda quyi liga vakillariga imkoniyatni boy berib 3-raunddayoq kubokdan chiqib ketadigan bo‘ldi.

Shuningdek, 8ta uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi. Endi keyingi bosqich ishtirokchilarni aniqlash maqsadida ushbu uchrashuvlar qaytadan, javob o‘yini sifatida o‘tkaziladi.

Angliya kubogi. 1/32 final

Everton – Lester 1:2 (0:0)
Gollar: Lukaku (63) – Musa (66, 71).
Everton: Robles, Funes Mori, Uilyams, Beyns, Xolgeyt (Deulofeu, 46), Devis, Barkli (Kone, 75), Berri, Koulmen, Lukaku, Valensiya (Miralyas, 62).
Lester: Shmeyxel, Xut, Chiluell, Simpson, Morgan, Grey (Fuks, 77), Ndidi, Drinkuoter, Mendi, Olbrayton (Kapustka, 84), Uloa (Musa, 35).

Vest Bromvich – Derbi Kaunti 1:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 35 Fillips, 1:1 – 51 Bent, 1:2 – 54 Ins.

Stok Siti – Vulverhempton 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 29 Elder Koshta, 0:2 – 80 Doerti.

Hall Siti – Suonsi 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 78 Ernandes, 2:0 – 90+3 Taymon.

Norvich – Sauthempton 2:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 38 van Deyk, 1:1 – 52, penalti Uittaker, 1:2 – 67 Yosida, 2:2 – 90+2 Neysmit.

Birmingem – Nyukasl 1:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 5 Merfi, 1:1 – 42 Yutkevich.

Brentford – Istli 5:1 (5:1)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Barbe, 2:0 – 17 Fild, 3:0 – 23 Vibe, 3:1 – 29 Obileyye, 4:1 – 38 Fild, 5:1 – 45 Soyyers.

Haddersfild – Port Veyl 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Peyn, 2:0 – 73 Palmer, 3:0 – 80 Bann, 4:0 – 84 Peyn.

Uotford – Berton 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 21 Kabasele, 2:0 – 77 Sinkleyr.

Uikom – Staurbridj 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 47 Vud, 1:1 – 70 Skarr, 2:1 – 83 Akinfenva.

Sanderlend – Bernli 0:0

Barrou – Rochdeyl 0:2 (0:1)
Gollar: Xenderson (17, 62).

Milluoll – Bornmut 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 26 Morison, 2:0 – 49 Kammings, 3:0 – 90 Fergyuson.

Roterhem – Oksford 2:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Teylor, 1:1 – 51 Uord, 1:2 – 80 Edvards, 1:3 – 88 Xemmings, 2:3 – 90 Adeyyemi.

Uigan – Nottingem Forest 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Grigg, 2:0 – 57 Vildsxut.

Blekpul – Barnsli 0:0

Bristol Siti – Flitvud Taun 0:0

Akkrington – Luton 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Makkonvill, 1:1 – 54 Grey, 2:1 – 57 Beklz.
Chetlatish: Ri (90).

Satton Yunayted – Uimbldon 0:0

Bolton – Kristal Pelas 0:0

Brayton – MK Dons 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Kayyal, 2:0 – 72 Xemed.

KPR – Blekbern 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 8, avtogol Linch, 0:2 – 58 Fini, 1:2 – 61, penalti Biduell.

Ipsvich – Linkoln Siti 2:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 7 Robinson, 1:1 – 12 Lourens, 1:2 – 65 Robinson, 2:2 – 86 Lourens.

Top