09:37 / 07.01.2017
5250

«Bavariya» prezidenti o‘z klubini tanqid qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi prezidenti Uli Xyoness o‘zi rahbarlik qiladigan klubni bolalar va o‘smirlar jamoalari faoliyati qoniqarsizligi uchun tanqid qildi. Xyonessning hisoblashicha, nemislar grandida bu masalaga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti.

«Biz bu boradagi xatolarimizni tan olishimiz kerak. Biz bolalar va o‘smirlar jamoalarida ishlar yaxshi ketmayotgani haqidagi haqiqatni qabul qilishimiz kerak. Tez orada turli yoshdagi futbolchilarni tayyorlash markazi tashkil qilamiz. Ammo bu hammasi o‘z o‘zidan bo‘lib qoladi degani emas. Biz hosilni yig‘ib olish uchun jiddiy ishlashimiz kerak», — deya Xyonessning so‘zlarini keltirgan tz portali.

Bundan oldinroq, prezident asosiy jamoadagi legioner futbolchilarga nemis tilini bilmaganlik uchun jarima qo‘llanishi haqida aytib o‘tgandi.

Top