00:26 / 07.01.2017
5331

Bryussel va Parij o‘rtasidagi tezkor poyezdlar qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi

Foto: Flickr/ Luke Jones

6 yanvarda Bryussel va Parij o‘rtasidagi Thalys tezkor poyezdlari qatnovi dvigatellardan birida yuz bergan alangalanish sababli vaqtinchalik to‘xtatildi. 

"Frans Press" axborot agentligining ma'lum qilishicha, qatnov xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘xtatilgan.   

"Poyezd personali va o‘t o‘chiruvchilar zarur choralarni ko‘rishgan va ayni vaqtda vaziyat nazorat ostida", deb aytdi Thalys kompaniyasi vakili. 

Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

 

Mavzuga oid
Top