13:36 / 07.01.2017
14047

Dushanbeda o‘z chaqalog‘ini 1 ming somoniyga sotib yuborgan ayol qo‘lga olindi

Foto: News.tj

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi ayol tojik militsiyasi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishda gumon qilinib qo‘lga olindi. 

Tojikiston ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 32 yoshli ayol qizini 2016 yilning 6 dekabr kuni dunyoga keltirgan. U farzandini Vose tumanilik fuqaroga 14 dekabr kuni 1 ming somoniyga sotib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi, deyiladi huquqni muhofaza qilish mahkamasi xabarida.

Top