09:35 / 07.01.2017
7474

Kiyev sudi Yanukovichning mol-mulkini hibsga oldi

Ukraina poytaxti Kiyev shahri Pecher tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga tegishli hovli-joy, xonadon va kemani hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda "Ukrainskiye novosti" agentligi sud qaroriga asoslangan holda xabar qilmoqda. Pecher tuman sudi 2016 yil 29 dekabrda shu mazmunda xulosa qilgan. 

"Prokuratura sobiq prezidentning mol-mulki, aniqrog‘i, hovli-joy, xonadon, 2 ta  garaj, yarim yer osti parkingidagi 2 ta mashina turar joyi va 2000 yilda barpo qilingan brig (ikki machtali tik yelkanli kema)ni hibs qilishni so‘radi… Sud bu talabni to‘liq qanoatlantirdi", — deb yozadi agentlik.

Axborot agentligining qayd etishicha, Yanukovich Ukraina Jinoyat kodeksining "davlatga xiyonat", "Ukraina davlat chegarasi va hududini o‘zgartirish maqsadida qasddan harakatlarni amalga oshirishga yordam berish" va "agressiv urush olib borishga yordam berish" kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top