17:12 / 07.01.2017
12771

Suriyaning Azaz shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlash videosi paydo bo‘ldi 

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Suriya shimolidagi Azaz shahrida ro‘y bergan portlash tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu kadrlar teraktdan bir necha soniya o‘tib olingan. 

Unda savdo do‘konlari ustida qora tutun ko‘tarilayotgani, kishilar esa hodisa yuz bergan joydan sarosimaga tushgan holda qochib ketishayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, terakt oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top